Savollar va javoblar
Endilikda jismoniy shaxslar UNLIM 1000 tarif rejasini faollashtirish orqali IP manzil xizmatidan foydalana oladilar.
Shuni e’tiborga olish zarurki, xDSL texnologiyasi (aniqrog‘i uning zamonaviy ADSL 2+ varianti) abonentlardan ma’lumotlarni 1 Mbit/s dan yuqori tezlikda uzata olmaydi.
Aynan shuning uchun ushbu texnologiya kiruvchi va chiquvchi oqimlarning tezligi bir xil bo‘lmagani bois “sinxronlashmagan” deb nomlanadi.
Wi-Fi tarmog‘ini 3 xil usulda himoya qilish mumkin:
1. Parollarni qo‘llagan holda himoyalash;
2. Modem sozlamalari orqali Wi-Fi tarmog‘i nomini yashirish;
3. Mac-manzilni cheklangan foydalanuvchilar soniga biriktirish.
Abonentning hisob holati “0” bo‘lganda, quyidagi manbalardan foydalanish mumkin bo‘ladi: http://www.uztelecom.uz , https://cabinet.uztelecom.uz.
To‘lovni CLICK, PAYME mobil banking to‘lov tizimlari va Uzonline bo‘limida joylashgan boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin, TELECOM TVning IPTV qismi uchun to‘lovni amalga oshirish uchun shaxsiy hisob raqamini yozish kerak.
Xorijiy mamlakatlar orqali to‘lovlar WEBMONEY to‘lov tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Agarda Siz trafikni haddan ziyod ko‘p sarf etilayotganiga shubha qilsangiz, eng avvalo Siz quyidagilarni tekshirishingiz kerak bo‘ladi:
1) Wi-Fi tarmog‘iga begonalar ulanib olmaganmi (modem sozlamalaridan tekshirish);
2) Qurilmalarda avtomat yangilanish o‘chirilganini tekshirish;
3) Qurilmani viruslar bor-yo‘qligiga tekshirish.
Bu MP4 formatdagi Internet tarmog‘i yordamida ishlaydigan raqamli televideniye. 65 dan ziyod kanallar taqdim etiladi va 7 tadan ortiq kanallar HD formatida namoyish etiladi.Yuridik shaxslar uchun abonent to‘lovi 18000 so‘mni tashkil etadi.
1) Shaxsiy kabinet orqali quyidagi havola yordamida: https://cabinet.uztelecom.uz provayder tomonidan taqdim etilgan o‘z login va parolingizni kiriting;
2) My Uztelecom mobil ilovasi orqali (App Store va Play Marketlar orqali yuklab olish mumkin);
3) Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatining qisqa «1084» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib.
1. VPI 0 / VCI 35 – Toshkent shahri;
2. VPI 0 / VCI 33 – O‘zbekiston Respublikasining qolgan hududlari.
Tezlikni o‘lchash sifatiga bir qator omillar ta’sir qiladi:
Ha, albatta. O‘z uyida tarmoqqa simsiz ulanishni afzal ko‘radigan abonentlar uchun biz ulanishning bir nechta turlarini taqdim etamiz.
Agarda Sizda Uy internetingiz UZTELECOM bo‘lsa, u holda eng maqbul variant bu – Wi-Fi routerni o‘rnatishdir. Biz uni bevosita xonadoningizga kirish qismiga (220 Vt rozetka kerak bo‘ladi) o‘rnatib beramiz va uyingizning istalgan nuqtasidan simsiz internetga ulanishni sozlab beramiz.
Uyingizda simsiz ulanishni sozlashga ariza qoldirish uchun 1084 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Shaxsiy kabinetning parol/loginini tiklash shaxsiy kabinet sahifasida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://cabinet.uztelecom.uz/ps/scc/login.php yoki 1084 texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilinadi.
Agarda sizda ikkita kompyuter bo‘lsa, har ikkalasini ham Internet tarmog‘iga ulash zarur bo‘lsa, quyidagi ikki variantdan birini tanlashni tavsiya qilamiz.
Eng oddiysi – har ikkisini ham Wi-Fi router orqali ulash. Ushbu holatda ulanish tezligi pasayadi, ammo xizmat narxi avvalgidek qoladi.
Agarda Sizga bir-biriga bog‘lanmagan holda yuqori tezlikdagi Internetga ulangan ikkita mustaqil kompyuter kerak bo‘lsa, u holda eng maqbul yechim bu – ikkita ulanishni tashkil etishdir. Bunday holda har bir ulanish uchun o‘zingizga qulay tarifni tanlaysiz. Ulanish tezligi tushib ketmaydi, biroq xizmat haqqi oshadi.
Uyingizda simsiz ulanishni sozlashga yoki ikkinchi ulanishni tashkil etishga ariza qoldirish uchun 1084 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Texnik mutaxassislar ariza rasmiylashtirilgandan so‘ng 2 ish kunidan 7 ish kunigacha tashrif buyurishadi.
* Mutaxassis avvaldan sizga qo‘ng‘iroq qiladi va uyingizda ishlash vaqtini siz bilan oldindan kelishib oladi (kompyuterni internetga ulash).
* Ulanish texnologiyasiga bog‘liq.
Internetga ulanish har kuni ish vaqti soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Mutaxassislar ulanishdan avval Siz bilan oldindan bog‘lanib, montaj ustalarining tashrif vaqtini siz bilan kelishib oladi.
Hisob to‘ldirilishi hisobga pul mablag‘i kelib tushganidan bir soat o‘tib amalga oshiriladi.
Ulanish tezligi yuklash tashqi tarmoqqa murojaat qilish navbatiga mutanosib ravishda ikki kompyuter o‘rtasida bo‘linadi.
100 Mbit/s — FTTB / GPON texnologiyasi bo‘yicha sizning provayderingiz uskunalari va sizning shaxsiy kompyuteringiz o’rtasidagi ulanishning o’tkazish qobiliyati.
Ma’lumot uzatish tezligi bir qator omillarga, shu jumladan tanlangan tarifga bog’liq.
Trafik — bu sizning kompyuteringizga tarmoqdan keladigan va undan tarmoqqa yuborilgan ma’lumot hajmi.
Har doim, Siz Internet sahifalarini ko‘rib chiqqaningizda, pochta qabul qilganingizda, fayllar yuklab olganingizda, baytlarda o‘lchanadigan ma’lum miqdordagi ma’lumotlar kompyuteringizga kelib tushadi. Kiruvchi trafik – bu sizning kompyuteringizga tarmoqdan keladigan, chiquvchi trafik esa o‘z navbatida, tarmoqqa Sizning kompyuteringizdan ketadigan ma’lumotlar hajmidir.
Bunday qiyinchiliklar odatda yuklamalarning uddasidan chiqa olmagan ommabop bepul internet-manbalari bilan yuzaga keladi.
Agarda bitta saytdan fayllarni yuklab olish tezligi past bo‘lsa, ayni vaqtda boshqa saytlardan yuklab olish tezligi yuqori va barqaror bo‘lsa, bu siz aynan yukli serverga murojaat qilganingizni anglatadi va bu holatga faqatgina ushbu manba egalarigina ta’sir ko‘rsata olishi mumkin.
Bir holatda Internetga ulanish tezligi (kilobitlarda), boshqa holatda — yuklab olish tezligi (kilobaytlarda) ko’rsatiladi.
Baytning bitga nisbati 1:8 ni tashkil qiladi.
Shu tarzda yuklab olish 10,240 Kbit /s tezlikda sodir bo’ladi, faqat u Kbit /s emas, balki Kbayt/s ko‘rinishida aks ettiriladi.
Windows’ni qayta o’rnatishda qo’shimcha sozlamalar talab qilinmaydi.
Qayta o’rnatgandan so’ng, siz tarmoq xaritasi uchun drayverlarning o’rnatilishini, ma’lumotlar uzatish tarmog’iga ulanishni tekshirishingiz kerak.
Dastlab quyidagilarni farqlay olish kerak: saytdan ma’lumot sekin yuklanmoqdami yoki saytning o‘zi yuklanmayaptimi. Ushbu saytning serverida yuk juda katta bo’lgani sababli, ma’lumotni ommabop bepul saytlardan asta-sekin olish mumkin. Ushbu muammoni faqat manbaning egasi bartaraf qilishi mumkin.
Ikkinchi sabab, kompyuteringizda trafikni filtrlashga qaratilgan dastur o‘rnatilganidir (antivirus, Firewall). Ushbu dastur sozlamalarini o‘zgartirish yoki uni o‘chirib qo‘yish zarur.
Qayta hisob-kitob uchun yozma ariza va arizachining pasporti kerak bo‘ladi.
Ariza yaqin savdo ofisida yoziladi, arizada nosozliklar kuzatilgan kunlar, shaxsiy raqam, xizmatning haqiqiy ulangan manzili va arizachining imzosi bo‘lishi shart.
Abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarining manzili va ish vaqtini kompaniyaning rasmiy www.uztelecom.uz saytida “Savdo ofislari dislokatsiyasi” bo‘limidan topishingiz mumkin.
Shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun ofisga murojaat etish zarur va bu yerda ikki kishidan (eski va yangi egalari) ariza taqdim etishlari talab etiladi, yoki yangi egasining imzosi va birinchi egasining pasport nusxasi/asl nusxasi bilan qo‘lda yozilgan ariza, shuningdek yangi egasi o‘zi bilan pasportini ham olib kelishi shart. Shartnoma to‘liq qayta rasmiylashtiriladi – mablag‘ qoldig‘i va ulangan xizmatlarning qoldiqlari bilan birga.
Shartnoma egasining aloqasi bo‘lmagan yoki qo‘shimcha ulanish zarurati bo‘lmagan taqdirda, manzil bo‘yicha ikkinchi ulanishni tashkil etish mumkin. Bunday holda, yangi egasi pasportning surat qismi aks etgan sahifasi nusxasini, shuningdek ijara shartnomasini, mulkni tasdiqlovchi hujjat yoki pasportni (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan sahifasi) kompaniyaning ofisiga taqdim etishi kerak. Xatda bog‘lanish uchun aloqa telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.
Hisobni faollashtirish uchun barcha ulangan xizmatlar uchun oylik abonent to‘lovini to‘lash zarur.
Tarif rejani shaxsiy kabinetda yoki mobil ilova orqali juda ham tez ravishda almashtirish mumkin. Agarda siz tarif rejani tanlashda qiynalayotgan bo‘lsangiz yoki o‘zingiz uni qanday o‘zgartirishni bilmayotgan bo‘lsangiz, siz har doim 1084 raqami bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz sizning xohish va istaklaringizni inobatga olishadi va siz uchun barchasini amalga oshirishadi.
Tarif rejasini o‘zgartirish yoki qo‘shimcha xizmatlarni yoqish uchun Siz quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:
Birinchi navbatda, kabelni tarmoq qurilmasiga (router yoki tarmoq platasiga) ulanganini tekshirish, shuningdek ulanish sozlamalarini tekshirish lozim.
Agarda hammasi joyida bo‘lsa, u holda routerni qayta o‘chirib yoqish zarur. Shuningdek, hisobingiz holatini ham tekshirish lozim, balki hisobingizda mablag‘ tugagan bo‘lishi mumkin. Agarda bularning bari yordam bermasa, iltimos, 1084 raqamiga – texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
VDSL (ing. Very high speed Digital Subscriber Line, eng yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi) — xDSL texnologiyalari oilasiga mansub. Uning asosiy qo‘llanilishi – juda ham yuqori uzatish tezligini talab qiladigan raqamli abonent tarmog’I xalqalari. VDSLga asoslangan yechimlarda tizimning markaziy nuqtasi bo‘lib manbalardan uzatiladigan ma’lumotlarni (misol uchun, optik tolali kabeldan) qabul qiluvchi ixtisoslashtirilgan kommutatsiya tizimi va abonentga klassik mis kabellarini ishlatgan holda ma’lumotlarni yetkazuvchi qurilmalar majmui hisoblanadi. Analog telefoniya signallarini uzatishga hojat bo‘lmagan vaziyatda quyi chegara chastotasi 300 kGs (tajribada 350 kGs qo‘llaniladi) hisoblanadi. Yuqori chegara kabel segmentining uzunligiga bog‘liq va 300 metrdan oshmaydigan kabel uchun 30 MGs gacha va 500 metrli kabelga esa 10 MGs gachani tashkil qiladi.
Bunday texnik yechimlar qisqa oraliqdagi kabellarda yuqori o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydi:
- — 500 metrgacha bo‘lgan masofada 42 Mbit/s (amalda 300 metrdan oshmaydigan segmentlar ishlatiladi);
- — 500-900 m masofada 20 Mbit/s;
- — 1500 metrgacha bo‘lgan masofada 10 Mbit/s.
Kabel uzunligi 1500 m dan oshgandan so‘ng, VDSL texnologiyasi bo‘yicha mavjud o‘tkazuvchanlik ADSL texnologiyasini qo‘llagan holatga nisbatan past bo‘ladi. Shu sababdan, VDSLga asoslangan yechimlar katta masofalarda qo‘llanilmaydi. VDSL kengaytirilgan turi VDSL2 deb nomlanuvchi texnologiya bo‘lib, unda signal chastotasini ajratish bilan birga multiplekslash amalga ishiriladi va ushbu texnoogiya 30 MGs gacha bo‘lgan to‘liq diapazonga asoslangan.Ushbu turdagi yechim mumkin bo‘lgan o‘tkazuvchanlikni sezilarli darajada oshirishga imkon beradi, biroq, foydalanish masofasi qisqartiriladi:
- — 300 metrdan oshmaydigan masofada150 Mbit/s (amalda 100 m dan oshmaydi);
- — 500 m masofada 50 Mbit/s;
- — 1000 m gacha bo‘lgan masofada 10-20 Mbit/s.
1500 m va undan yuqori masofada ADSL texnologiyasi bo‘yicha mumkin bo‘lgan o‘tkazuvchanlikka yaqin va ushbu darajada 3-4 km gacha bo‘lgan masofada saqlanadi.
Uztelecom wifi online ariza
«Ўзбектелеком» АК кенг полосали алоқа хизматларига уланиш учун сотув ва хизмат кўрсатиш офисларига ташриф буюрмай, онлайн тарзда ариза бериш имкониятини йўлга қўйди. Бу ҳақда компания матбуот хизмати хабар берди.
Эндиликда кенг интернетга уланиш учун мурожаат қилувчи муайян мижозларнинг аризалари бевосита «1084» қисқа рақами бўйича Ахборот марказига қўнғироқ қилиш, шунингдек компания расмий сайтининг «Онлайн дастур» бўлими орқали қабул қилинади.
Қайд этилишича, «Ўзбектелеком» АКнинг ҳудудий бўлинмалари Ахборот марказидан аризалар қабул қилинган кундан бошлаб телекоммуникация хизматларини тақдим этиш бўйича Шартномани бажариш учун 1 иш кунидан кечиктирмасдан жойларга чиққан ҳолда хизматга уланишни ташкил этишга буюртма берадилар.
Изоҳ қолдириш учун сайтда рўйхатдан ўтинг
Ижтимоий тармоқлар орқали киринг
Муаллифлар
«Xabar.uz» ахборот-таҳлилий портали 2017 йилнинг 27 декабрида электрон ОАВ сифатида давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 1210. Муассис: «Xabar» газетаси таҳририяти. Таҳририят манзили: 100000, Тошкент шаҳри, Амир Темур 1-тор кўчаси, 2-уй (мўлжал: Олой бозори). Масъул муҳаррир Абдуғани Абдураҳмонов. Электрон манзил: mail@xabar.uz
Материалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт. Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг оммавий ахборот воситалари тўғрисидаги ҳамда муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
Сайтда имловий ёки услубий хатога кўзингиз тушдими? Хато жумлани белгиланг ва CTRL+ENTER босиш орқали бизга хабар беринг.